Kommunal soha xodimlarining kasbga oid malaka va mahoratlarini doimiy oshirib borish muhim sanaladi
Ayniqsa, elektr ta‘minoti korxonalaring jamoalari, injiner-texnik xodimlaridan bu boradagi talab va mas‘uliyat juda yuqori.
Farg‘ona viloyat Elektr tarmoqlari korxonasi tizimda faoliyat yuritayotgan ilg‘or xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, xavfsiz va barqaror ish muhitini yaratish hamda yosh kadrlarning kasb mahoratlarini oshirish maqsadida tanlov o‘tkazdi.
Buvayda tumanida bo‘lib o‘tgan "Kasb mahorati" musobaqasida Oltiariq tuman Elektr tar‘minoti korxonasi jamoasi birinchi o‘rinni egalladi.
Tashkilot rahbari O.Axmedov g‘oliblarni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklab, tuman hokimligi va ma‘muriyat nomidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.