Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami:

50 %

Shrift o'lchami:

50 %
Saytni baholash
0
0

442025-06-20 18:19

Rishtonlik hojilar “haj” ziyoratidan qaytdilar

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2091758577308670.jpg
Muqaddas Haj amalini bajargan rishtonlik hojilar yurtdoshlarimiz tomonidan tantanali tarzda kutib olindi. Hojilarni tuman hokimligi, soha mutasaddilari, imomlar va keng jamoatchilik vakillari qarshi oldi. Ta’kidlash joizki, bugungi kunda Haj va Umra safarlarini yuqori darajada tashkil etish, yurtdoshlarimizning ziyoratlarini to‘liq, qiyinchiliklarsiz ado etishi uchun davlatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratilmoqda. Ana shunday imkoniyatdan foydalangan holda, Alloh taoloning Baytini mukammal toat-ibodatda ziyorat qilib, yurtimizga qaytgan jami 91 nafar hoji ota va hoji onalar tantanali ravishda kutib olindi. Muhimi, bir oy davomida Makka va Madina shaharlarida bo‘lgan viloyatdoshlarimiz muqaddas Haj amallarining barcha ruknlarini bajardilar va ziyoratning eng so‘nggi bosqichi hisoblangan vidolashuv tavofini ham ado etib qaytdilar. Yuzlarida ulug‘ ziyorat fayzi, shukronalik hissi va yurt sog‘inchi ifodasi ko‘rinib turgan hojilar davlat va jamoat tashkilotlari vakillari tomonidan hurmat va ehtirom bilan kutib olindilar. Kelib tushgan marosimda so‘zga chiqqanlar barcha ziyoratchilarni muqaddas Haj amalini ado etganliklari bilan tabriklab, ularning kelgusidagi faoliyatlariga muvaffaqiyat tiladilar. Endilikda el ichida munosib hurmat va sharafga sazovor hojilarimiz o‘zlarining ibratli fazilatlari, jamiyat hayotidagi faol ishtiroklari bilan yosh avlodimizni el-yurtga sadoqatli va hidoyat yo‘lidan boradigan halol-pok insonlar etib tarbiyalashga munosib hissa qo‘shadilar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz