“Dolzarb 90 kun” dastur doirasida Dang‘ara tumanida maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish hamda har tomonlama rivojlantirish bo‘yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda “Dolzarb 90 kun” loyihasi asosida tumandagi umumta’lim maktablari qoshida tashkil etilgan kunduzgi oromgohlarda bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport, rassomchilik, shaxmat, shashka va boshqa yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyat ko‘rsatmoqda.
Dang‘ara tumani hokimi o‘rinbosari 28-38 umumta’lim maktablarida bo‘lib, maktab o‘quvchilari va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tashkil etilgan sport, rassomchilik, shaxmat, shashka kabi yo‘nalishdagi to‘garaklar faoliyati bilan tanishib o‘tdi.